UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Surxondaryoda

Bugun ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasi mamlakatimizning barcha hududlarida rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. Xususan, aholiga qo’shimcha servis xizmatlar bozorini takomillashtirish, shu asnoda boshqaruv organlari moliyaviy erkinligini ta’minlashga erishilmoqda.

Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida qad ko’targan “Yangi O’zbekiston” massivida bo’ldi. 52 ta uydan iborat massivga bugungi kunda “Yangi yoshlar” BSK tomonidan xizmat ko’rsatib kelinmoqda.

Kompaniya bugungi zamonaviy talablarga to’liq javob beruvchi boshqaruv binosi, 24/7 dispetcherlik xizmati, boy moddiy texnika bazasiga ega. Shuningdek, 30 ga yaqin qo’shimcha servis xizmatlari yaratilgani bois 60 nafardan ortiq ishchi-xodim o’rni tashkil etilgan. 

Ozoda Jo’rayeva ishda tizimlilik muhim ekanligi va har bir kompaniya o’z qadriyatlariga ega bo’lishi lozimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, “Yangi yoshlar” BSK viloyatdagi jami 160 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatadi.