Vazir o’rinbosari Surxondaryoda
Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Termiz shahrida bo’lib turibdi.
Xizmat safari chog’ida ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish nazarda tutilgan bo’lib, dastlab vazir o’rinbosari Termiz shahridagi 123 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Sarvar-Termiz servis” boshqaruv kompaniyasi faoliyatini ko’zdan kechirdi.
Xususan, ko’p qavatli uylarni tom va fasad qismlarini ta’mirlash, muhandislik tarmoqlarini sozlash ishlari ko’zdan kechirildi.
Ish sifatini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.