Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosida qurilishga mas’ul mutasaddilar bilan tanqidiy tahliliy yig’ilish o’tkazdi
Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosida qurilishga mas’ul mutasaddilar bilan tanqidiy tahliliy yig’ilish o’tkazdi. Unda viloyat hududlarida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi amaliy ishlar ko’rib chiqildi.
Viloyat, tuman va shahar boshqarmalari hamda shoʻba rahbarlari, Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas’ullari, shuningdek “Al Xorazmiy” va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari pudratchilari, “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM Xorazm viloyat filiali direktori, investitsiya dasturi doirasida qurilish olib borayotgan pudratchilar ishtirok etishdi.
Urganch shahridagi boshqarma binosida tashkil etilgan yig‘ilishda har bir o‘rganilgan obyektda qilingan ishlar qatori yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi.
Xususan, massivlarda beton quyish, armokarkas montaji va gidroizolyatsiya ishlarida xatoliklar mavjudligi, uylarning fasad qismini bazalt bilan qoplashda ishlar noto‘g‘ri bajarilgani tanqid qilindi.
Ijtimoiy soha obyektlarida esa pol, eshik va derazalar ta’mirida jiddiy kamchiliklar aniqlangani, loyihadan chetga chiqish holatlari mavjudligiga jiddiy e'tiroz bildirildi.
Shuningdek, qurilish madaniyatiga amal qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan ta'minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig’ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilar qat'iy ogohlantirildi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ko'rsatma hamda topshiriqlar berildi.




