Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Farg'ona viloyatidagi ko'p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda
Kelajagimiz bo'lgan aziz farzandlarimiz uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishimiz lozim!
Bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Farg'ona viloyatidagi ko'p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayonlarini o‘rganmoqda. Xususan, Farg'ona shahri "Yangi O'zbekiston" massivida ixtisoslashtirilgan maktabni qurish jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
Monitoring davomida qurilish materiallarining sifati ham o’rganilib, obyekt loyihasi belgilangan talablar asosida qilinmagani bois mas’ullarga joyida tegishli ko’rsatmalar berildi.
Jumladan, qurilish madaniyati, mehnat muhofazasi, ishchilarning xavfsizligiga e'tibor qaratish kerakligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.