UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Margʻilon shahri “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi koʻp qavatli turar joy binolarini qurish ishlarini koʻzdan kechirdi

Pirovard maqsad: Har tomonlama qulay va shinam uy-joylar barpo etish 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg'ona viloyatiga tashrifi doirasida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Margʻilon shahri “Ipakchi” va “Qirguli” MFYlar hududidagi bir qavatli maʼnan eskirgan turar joy binolari oʻrniga Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli turar joy binolarini qurish ishlarini koʻzdan kechirdi. 

Xususan, "Ipakchi" mahallasi hududida ma’nan eskirgan uylar o'rnida ''Safo house'' hamda "Kapital ta'mir" MCHJlar tomonidan qurilayotgan  7 qavatli  turar joylar sifati hamda qurilishni tashkil etish jarayoni tahlil qilindi.

Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga quruvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ularni maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlash va uch mahal ish tizimini tashkil etish orqali qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Shu bilan birga qurilish madaniyati va xavsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik lozimligi qat'iy ta'kidlandi.