Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida bo'lib, ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi
Bugun vazir o‘rinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida bo'lib, ijtimoiy soha obyektlarini o‘rgandi. Jumladan, Kitob tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabining qurilish jarayonlari ishchi guruhining diqqat markazida bo'ldi.
Vazir o‘rinbosari mutasaddilarga quruvchilar uchun munosib sharoit yaratish va samarali ish tizimini tashkil etish orqali qurilishni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shuningdek, qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish tushuntirilib, obyektni sifatli tarzda o‘z muddatida topshirish talabi qo‘yildi.