UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o'rinbosari Xivada

Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Xiva shahri “Xiva brend servis” boshqaruv servis kompaniyasida bo'ldi. 

Boshqaruv organi bugungi kunda 300 ta xonadondan iborat 11 ta ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ozoda Jo'rayeva kompaniya binosi, unda tashkil etilgan dispetcherlik xizmati, boshqaruv tashkilotining moddiy-texnika bazasi bilan tanishdi.  1 ta avtotransport, 2 ta mototransport, 20 dan ortiq har xil turdagi asbob-uskunalarga ega bo'lgan kompaniyaga qo'shimcha tadbirkorlikni kuchaytirish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, “Xiva brend servis” aholining debitor qarzdorligini undirish yo'lida ham qator ishlarni amalga oshirgan. Birgina 2024-yil mobaynida 42,2 mln so‘m aholi qarzdorligi undirilgan bo'lib, bu bo'yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

- Xiva shahridagi o'zgarishlar meni juda quvontirdi. Bir yil avval mazkur hududlarda muammolar yetarli edi. Demak, harakat va mas'uliyat bilan har qanday muammoga yechim topish mumkin,- dedi Ozoda Jo'rayeva.

Ozoda Jo'rayeva kompaniya xizmat ko'rsatuvchi ko'p qavatli uylarning texnik holatini ham o'rgandi. Ish samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Xiva shahridagi keyingi manzil “Xiva kalta minor” boshqaruv servis kompaniyasi binosi bo'ldi. Ozoda Jo'rayeva kompaniya binosida ishchi-xodimlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Dispetcherlik faoliyati qanday tashkil etilganligi bilan qiziqdi. Kompaniyaning moddiy-texnika bazasi, qo'shimcha tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari, xususan temir eshiklarni ishlab chiqarish ustaxonasi faoliyati ko'zdan kechirildi. 

- Imkon izlaganga yo'l topiladi, deb bejizga aytishmagan. Haqiqatan, bugun kommunal sohada qo'shimcha daromad topish va o'z ishini rivojlantirishga barcha sharoitlar bor. U qaysi hudud bo'lmasin, biz tashabbuskor, mehnat va mas'uliyatdan qochmaydigan tadbirkorlarimizni qo'llab-quvvatlaymiz,- dedi Ozoda Jo'rayeva. 

Ma'lumot uchun, boshqaruv tashkiloti 2 552 ta xonadondan iborat 162 ta ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatib keladi va bugungi kunda 1 ta avtotransport, 1 ta mototransport, 30 ta xar xil turdagi asbob-uskunalarga ega. Kompaniyada 22 ta ishchi-xodim va mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda.