Vazir oʻrinbosari “Birlik” mahallasida faoliyat yurituvchi “Zolotoy znak” BSKda ham boʻldi
Ozoda Joʻrayeva Uchtepa tumani “Birlik” mahallasida faoliyat yurituvchi “Zolotoy znak” BSKda ham boʻldi. Mazkur boshqaruv tashkilotining ham yangi binosi qurilishi boshlangan boʻlib, vazir oʻrinbosari uning loyihasi, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
- Ishchi xodimlar yertoʻlalarda, hududlarni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashadilar. Shu bois ularga yuvinishi uchun BSK binosida shatoit boʻlishi shart, - dedi Ozoda Joʻrayeva.
Vazir oʻrinbosari 26 ta uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotining koʻp qavatli uylarni saqlashda amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi. Kompaniyaning moddiy-texnik bazasi, obodonlashtirish unsurlari, davlat dasturi asosida oʻrnatilgan yangi liftlar koʻzdan kechirildi.
Xizmat sifatini yaxshilash, xususan, qoʻshimcha servis xizmatlarni koʻpaytirish yizasidan zarur tavsiyalar berildi. Bunda ishchi-xodimlarni malakasini oshirishga ahamiyat berish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, BSK vakillarining murojaatlari, sohani takomillashtirish takliflari qabul qilindi.