Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhining navbatdagi manzili Toshkent viloyatining Nurafshon shahri boʻldi
Vazir oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhining navbatdagi manzili Toshkent viloyatining Nurafshon shahri boʻldi.
Xabaringiz bor, joriy yilning14-15-oktabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishib, viloyat faollari bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga doir koʻplab dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi.
Shundan kelib chiqqan holda vazirlik masʼullari, xususan, vazir oʻrinbosari T.Alimatov va boshqalar hududlardan amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini tanqidiy-tahliliy oʻrganmoqdalar. Jumladan, monitoringlar davomida Nurafshon shahrida barpo etilayotgan bir qator bino va inshootlar, ijtimoiy soha obyektlarida qilingan ishlar bilan birga yoʻl qoʻyilayotgan ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi.
“Kuz-qish fasli, qurilish jarayonlariga gʻoyat masʼuliyat bilan yondoshadigan davr. Bu paytda hech birimizning xato qilishga haqqimiz yoʻq”, - dedi T.Alimatov. Bu borada sifat va muddat birlamchi masala ekanligi alohida taʼkidlandi.