UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholi murojaatiga asosan Yunusobod tumani 3-dahada ham oʻrganish ishlarini olib bordi

Aholi mazkur hududda jami 5 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Qoʻrqmas kommunal” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozi. 

Xususan, mulkdorlar murojaatlari oʻz vaqtida bartaraf etilmaydi, koʻp kvartirali uylarning tutash hududlarida obodonlashtirish ishlari yetarlicha olib borilmagan. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlalari ham e’tiborsiz qolib ketgan. 

Ozoda Joʻrayeva koʻp qavatli uy taqdiri aholining oʻz qoʻlida ekanligi, mulkdorlar boshqaruv tashkiloti faoliyati qoniqtirmasa boshqa salohiyatli xizmat koʻrsatuvchini tanlash mumkinligini ta’kidladi. Ammo oʻz oʻrnida fuqarolar ham oʻz majburiyatlarini yodda saqlashi lozimligi tushuntirildi. 

- Bugungi oʻzgarishlar, islohotlardan keng foydalangan holda koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻygan, aholi bilan tizimli ishni tashkil qilgan boshqaruv tashkilotlarining qamrovi tobora ortib bormoqda. Ushbu sogʻlom raqobat maydonida zamonaviy fikrga ega boʻlmagan, rivojlanishni xohlamaydigan boshqaruv organlari koʻp narsa yoʻqotadi. Yoki harakat qilish kerak, yoki aholini ham qiynamagan holda faoliyatni toʻxtatish lozim, - dedi Ozoda Joʻrayeva.