UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva yunusobodlik aholi vakillari murojaatiga asosan “Qoʻshchinor” mahallasida boʻldi

Bugun vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva yunusobodlik aholi vakillari murojaatiga asosan “Qoʻshchinor” mahallasida boʻldi. Ikki uy aholisi orasidagi muammo bolalar oʻyingohi bilan bogʻliq boʻlib, uyga tutash qilib oʻrnatilgan bolalar maydonchasidan chiqayotgan shovqin 13-son uy aholisining tinchini buzayotganligi ta’kidlandi. 

Vazir oʻrinbosari muammoni oʻrganar ekan, uni keltirib chiqarayotgan sabab mulkdorlarning oʻzboshimchalik bilan umumfoydalanish obyektlarini egallab olganligi ekanligini ta’kidladi. 

Jarayonga hududiy sektor rahbari, Toshkent shahri Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutasaddilari jalb qilindi. 

Muhokamalar davomida barcha noqonuniy xatti-harakatlar oldi olinishi, bolalar maydonchasi loyiha institutlari mutaxassislari yordamida tegishli tartibda qayta oʻrnatilishi belgilab olindi. Mazkur ishlarning borishi shaxsan vazir oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinishi ta’kidlandi.