UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayonlarini o’rganmoqda

Vazir oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha obyektlarining qurilish jarayonlarini o’rganmoqda

Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko'rib chiqilmoqda. 

Nazorat tadbirlari davomida Qarshi shahri "Otchopar" MFYdagi 44-sonli va "Darvoza tutak" MFYdagi 21-son maktablarning qurilish jarayonlari ko'zdan kechirildi. Umumiy holat yaxshi, ammo obyektlarda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan: 

- qurilish ishlarini tashkil etishda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmagan; 
- hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.  

Vazir oʻrinbosari ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo'yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Shuningdek, T.Alimatov yosh avlodning munosib sharoitlarda ta’lim olishiga zamin yaratish maqsadida jarayonga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini va ushbu obyektlarni o'z muddatida topshirish muhimligini ta'kidladi.