UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Qashqadaryoda

Ma’lumki, kommunal soha - aholining bevosita birlamchi ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan murakkab tizim hisoblanadi. Shu bois undagi har bir jihatga alohida e’tibor qaratish lozim. 

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga muammolar, yechimini kutayotgan masalalarni oʻrganish maqsadida bugun Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi. 

Dastlab vazir oʻrinbosari Qarshi shahri “Shoʻrtangaz” mahallasiga bordi. Mahallada joylashgan 48 ta koʻp qavatli uyga bugungi kunda “Shokir hududiy tex servisBSK tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Ozoda Joʻrayeva mazkur uylarning yertoʻlasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Jumladan, uyning ichki muhandislik tarmoqlari, yotiq va tik quvurlarni yangisiga almashtirish ishlari, koʻp qavatli uyning issiqlik izolyatsiyasi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, mutasaddilar mazkur uylarni issiqlik bilan ta’minlash uchun kompaniya hamda homiy tashkilotlar hamkorligida yangi qozonxona barpo etilayotgani va har bir uylarga Individual issiqlik punktlari (IIP) oʻrnatilayotganligiga guvoh boʻldilar. 

Boshqaruv kompaniyasi uylarning tashqi qiyofasi hamda kirish yoʻlaklariga ham alohida ahamiyat bermoqda. Bunda kirish yoʻlaklariga energotejamkor harakat datchikli chiroqlar oʻrnatilayotgani hamda eshiklar zamonaviylariga almashtirilayotganligini ham ta’kidlash zarur. 

Shuningdek, mazkur hududda boshqaruv tashkiloti uchun yangi, zamonaviy bino qurilishi va aholidan tun-u kun kelib tushayotgan murojaatlar vazirlik maxsus shtabi bilan integratsiya qilinishi koʻzda tutilgan. 

Vazir oʻrinbosari mas’ullarga ta’mirlash jarayonlarining sifatiga e’tibor berish lozimligini, bunda har bir ishchi-xodimning mas’uliyatini oshirish lozimligini ta’kidladi.