Vazir oʻrinbosari Qashqadaryoda
Vazir oʻrinbosari T.Alimatov Qarshi shahri "Komilon" MFYdagi 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini ham koʻzdan kechirdi. Rejaga koʻra obyektda rekonstruksiya ishlari loyiha asosida olib borilmoqda. Ammo 120 o‘rinli ta'lim tashkilotida ayrim kamchiliklar ham yoʻq emas.
Ishchilar bilan muloqot qilar ekan, Toir Alimatov ertamiz egalari boʻlmish bolalar uchun qurilayotgan ushbu maskan har tomonlama sifatli boʻlishi lozimligiga, qurilish jarayonida barcha talablar hisobga olinishi zarurligiga alohida toʻxtaldi. Oʻrganishlar davom etmoqda.





