UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi jarayonlarini o’rgandi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini tanqidiy-tahliliy o‘rganmoqda. Monitoring ishlari davomida Nukus shahri "Havo yo'llari" MFYdagi 9-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyekti ham ko'zdan kechirildi va unda bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:

  • loyihadan chetga chiqish holatlari;
  • binoning g’isht terish ishlari talab darajasida bajarilmagani;
  • “Qurilishda texnika xavfsizligi" talablariga rioya qilinmagani;
  • obyektda qurilish materillaridan to'g'ri foydalanilmagani va  hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagani ma'lum bo'ldi. 

Vazir oʻrinbosari ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.