UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari T.Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi tumanning “Gʻujum terak” mahallasi hududida qurilayotgan 330 oʻrinli maktab binosini ham koʻzdan kechirdi

Oʻrganish ishlari Kegeyli tumanida davom etmoqda. Vazir oʻrinbosari T.Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi tumanning “Gʻujum terak” mahallasi hududida qurilayotgan 330 oʻrinli maktab binosini ham koʻzdan kechirdi. 

2024-yilning 15-dekabrida foydalanishga topshirish maqsad qilingan obyekt qurilishida ham qator muammo va kamchiliklar bor. 

Jumladan, bino sanuzelini izolyatsiyalashda loyiha talablariga amal qilinmagan. Qurilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga bepisandlik bilan qaralmoqda. Ishlarni loyiha asosida bajarilishini qoniqarli deb boʻlmaydi. 

“Bugun davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy soha obyektlari qurilishiga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Koʻplab imkoniyatlar berilayotgani ham bor gap. Biroqbqurilishning ayrim masʼullari buni toʻgʻri anglab yetmagani achinarli holat”,- dedi vazir oʻrinbosari. 

Kuzatuvlar davomida obyekt qurilishi ishtirokchilariga kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar belgilab berildi.