UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Termiz shahridagi boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanishdi

Surxondaryo viloyatida mavjud 1 589 ta koʻp qavatli uy-joylarga 32 ta boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) tomonidan xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Jumladan, Termiz shahrida 14 ta ana shunday BSKlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

Kuni kecha vazir oʻrinbosari Termiz shahridagi “Sarvar Termiz Servis” BSKda boʻlib, uning faoliyati, xizmat koʻrsatish turlari, BSK tomonidan koʻp qavatli turar-joylarda amalga oshirilgan taʼmirlash-tiklash ishlari va boshqa koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati bilan ham tanishdi. Shuningdek,  “Sarvar Termiz Servis” BSK  oʻz mablagʻlari hisobidan qurib bitkazilgan kompaniya xodimlari uchun yangi bino sharoitlari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda avtomobillar uchun turargoh faoliyati bilan ham tanishildi.

Masʼullarga BSKning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.