UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov ayni paytda Buxoroda

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Buxoro viloyatida boʻlib, Buxoro tumani “Bogʻidasht” MFY hududida qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. 

Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda hududdagi  67 ta yer uchastkasi LOT larga boʻlingan holda 43 ta tashabbuskor tomonidan sotib olingan.

Yer uchastkalarining 62 tasiga Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (ART) ishlab chiqilgan.

 Tashabbuskorlar tomonidan “Qishloqqurilishloyiha” DM Buxoro filiali bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Shuningdek, ayrim obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Arxitektura-shaharsozlik kengashidan oʻtkazilgan. 35 ta obyektga shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosalari olingan, 17 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy nazorat qilish inspeksiyasi roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Qurilish obyektini oʻrganish jarayonida vazir oʻrinbosari T.Alimatov bu boradagi ishlarni jadallashtirish va barcha amaliy chora-tadbirlarni sifatli tashkil qilish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.