Vazir oʻrinbosari Toir Alimatovning Toshkent viloyatida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini oʻrganishga oid tahlillari davom etmoqda
Navbatdagi manzil Zangiota tumanidagi 27-sonli maktab bo‘ldi. “Asil” MFY hududida joylashgan ushbu obyekt 360 oʻringa mo‘ljallangan.
Qurilishga masʼul buyurtmachi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasi bo‘lib, uni 15-oktabrgacha qurib bitkazish reja qilingan.
Jarayonda mas'ullarning ish olib borishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani ma'lum bo‘ldi. Ilk o‘rinda qurilish materiallari o’z vaqtida yetib kelmaganligi sababli ishlar to’xtab qolgan.
Shu bois Toir Alimatov obyektning har bir jihatiga eʼtibor qaratib, bu borada bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Kuzatuvlar Zangiota tumani “Abdujalil ota” MFY hududidagi 43-sonli maktabda davom etdi.
330 oʻrinli yangi o`quv bino qurilishiga masʼul buyurtmachi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi.
Uni shu yilning 15-sentabrigacha qurib, foydalanishga topshirish reja qilingan.
Obyekt qurilishini oʻz vaqtida talab va meʼyorlar asosida tugallash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.


Vazir o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh ayni damda Toshkent tumani “Ibrat” MFY hududida barpo etilayotgan 26-sonli maktabning qurilish ishlarini oʻrganmoqda.
660 oʻrinli 4 qavatli yangi oʻquv binosi qurilishiga masʼul buyurtmachi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi.
O‘rganishlar davomida bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, bu obyektda ham qurilish materiallari o‘z vaqtida yetib kelmaganligi sababli ish toʻxtab qolgan.
“Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqda, qurilish ishlarini sifatli qilib, oʻz muddatida bajarishda esa oqsoqliklar koʻzga tashlanmoqda. Bu yerda oʻgʻil-qizlarimizning sifatli va maqbul sharoitlarda taʼlim olishlari uchun bor imkoniyatdan maksimal foydalanishimiz kerak. Bunga qurilishning barcha ishtirokchilari masʼuliyat bilan qarasalargina erishiladi”,- dedi Toir Alimatov.



