UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir oʻrinbosari Toshkent viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlari qurilishi jarayonlarini o’rgandi

Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini tanqidiy-tahliliy o‘rganmoqda. 

Nazorat tadbirlari davomida, xususan, Bo’ka tumanidagi 5 va 45-son maktab va 4-son maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish obyektlari ko'zdan kechirildi. Mazkur jarayonda bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan: 
- qurilish ishlarini tashkil etishda texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmagan; 
- obyektda qurilish materillaridan to'g'ri foydalanilmagan va hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.  

Vazir oʻrinbosari ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.

-Qurilishda intizom, hududlarning tartibi juda muhim. Xavfsizlik qoidalari ham ana shu talablar asosida shakllantirilishi shart,- dedi T.Alimatov

Shuningdek, vazir o’rinbosari yosh avlodning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash maqsadida jarayonga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini ta’kidlab o’tdi. Bunda zamonaviy, energotejamkor texnologiyalardan keng foydalanish muhimligi qayd etildi.


Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Bo‘ka tumanida bo‘lib, qurilish obyektlarida sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini o’rganmoqda.  
Shuningdek, vazir o‘rinbosari ijtimoiy soha obyektlarida Davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini ham ko‘zdan kechirmoqda. 

Xususan, Bo‘ka tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig’inidagi 5-son maktabni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Mazkur obyektda 420 o‘rinli yangi binolar qurilib, mavjud 530 o‘rinli binolar mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan. 

Toir Alimatov yosh avlodning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash maqsadida jarayonga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini alohida ta’kidlab o’tdi. Bunda zamonaviy, energotejamkor texnologiyalardan keng foydalanish muhimligi qayd etildi.