Vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Shayxontohur tumanidagi "Charxnovza" mahallasida joylashgan "Dimetra Kapital" BSK faoliyatini ko'zdan kechirmoqda
Xabaringiz bor, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas’ullari poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan BSKlardagi muammolarni joyida bartaraf etish va holatni aniq baholash maqsadida o’z ishlarini davom ettirishmoqda.
Xususan, vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Shayxontohur tumanidagi "Charxnovza" mahallasida joylashgan "Dimetra Kapital" BSK faoliyatini ko'zdan kechirmoqda. Ushbu BSK 109 ta ko’p kvartirali uylarga xizmat qiladi. Ulardan 2 ta 9 qavatli, qolganlari esa 4 va 2 qavatli uylar hisoblanadi.
Vazir o'rinbosari mahalladagi ko’p qavatli uylarga ham kirdi. Yurtdoshlarimiz xonadonidagi vaziyatdan xabar olib, aholi bilan suhbatlashdi.
Aniqlangan kamchiliklardan biri isiqlik ta’minoti bilan bog’liq bo’lib, mutasaddilarga ularni tez orada bartaraf etish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.