UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirligida aholining kommunal sohaga oid murojaatlari vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva tomonidan qabul qilinmoqda

Sohada inson omilini kamaytirish noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining kommunal sohaga oid murojaatlari vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva tomonidan qabul qilinmoqda. Xabaringiz bor, haftaning juma kunlari yuridik va jismoniy shaxslarning uy-joylarni boshqarish, issiqlik va suv sohasiga oid murojaatlari qabul qilinib kelinadi.

Ayni damgacha 9 nafar aholining boshqaruv organlari faoliyatidan norozilik, yerto’ladagi muammoli holatlarni oldini olish, bolalar maydonchasini ta’mirlash, boshqaruv organini o’zgartirish, billing tizimiga oid masalalari hamda takliflari qabul qilindi. 

Sohadagi munosabatlar tartibga solinishida raqamlashtirish muhim ahamiyatga kasb etmoqda. Boshqaruv organlarini reyestrga kiritish yoxud ko’p qavatli uylarni boshqaruv organiga biriktirish davlat xizmatlari orqali amalga oshirilayotgani sohada noqonuniy aralashuvlar va harakatlarga chek qo’ymoqda,- dedi vazir o’rinbosari.

Qabul davom etmoqda.