UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirlik boshqarma boshlig'i Ilhom To'rayev Buxoro shahrida bo'lib, Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarori bilan Jahon banki ishtirokida “Buxoro shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida “Buxoroenergomarkaz” qozonxonasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. 

Bugun vazirlik boshqarma boshlig'i Ilhom To'rayev Buxoro shahrida bo'lib, Jahon banki vakillari bilan uchrashdi. Unda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusi vazifa va rejalar muhokama qilindi. 

Ta'kidlash lozimki, loyiha doirasida jami 4 ta har biri 20 MVt, umumiy quvvati 100 MVtli zamonaviy yangi suv isitish qozonlarini o‘rnatish, 5,5 km uzunlikdagi  issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yopiq issiqlik tizimini tashkil etish uchun 264 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish hamda 202 ta ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimini tiklash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda har birining quvvati 20 MVt bo‘lgan, umumiy quvvati 80 MVtli 4 ta zamonaviy yangi suv isitish qozonlari o‘rnatilib, 5,5 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yopiq issiqlik tizimini tashkil etish uchun 264 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan.

Hozirda 1 ta 80 MVt quvvatdagi qozon o‘rnatish va qozonxona tarmoqlariga ulangan 202 ta ko‘p qavatli uyning ichki isitish tizimini tiklash ishlari olib borilmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida Buxoro shahridagi 11 372 ta xonadondan iborat 202 ta ko‘p qavatli uy hamda 32 ta ijtimoiy soha obyektining markazlashgan issiqlik ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi va sifat darajasi oshadi.