UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirlik huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti vakillari “Tashgiprogor” AJda bo’ldilar

Vazirlik huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti vakillari “Tashgiprogor” AJda bo’ldilar. 

Xabar berib kelayotganimizdek, institut tomonidan sohaga daxldor davlat va nodavlat tashkilotlarida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

Xo’sh, bundan kutilgan maqsad nima? Qurilish va kommunal soha mutaxassislari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash ishlari bugungi kunda qanchalik dolzarb?

Sir emas, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari kabi qurilish va uy-joylarga kommunal xizmat ko’rsatish sohalarida tub islohotlar, rivojlanishlar davri ketmoqda. Bunda inson resursiga alohida e’tibor qaratish, ularning kompetentligini oshirish muhim vazifa hisoblabadi. Shu ma’noda institutda malakali o’qituvchi va professorlar tomonidan nazariy-amaliy darslar olib borilmoqda. Bu bevosita mutaxassislarining yangi, zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallashi, innovаtsion texnologiyalarni sohaga joriy etishiga sharoit hozirlamoqda.

“Tashgiprogor”ning loyiha muhandislari, arxitektorlari va konstruktorlari ishtirok etgan tadbirda ana shu jihatlarga alohida to’xtalib o’tildi. Ishtirokchilar taqdimotni katta qiziqish bilan tinglab, dars jarayonlarida qatnashish istagini bildirdilar.