UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Vazirlik huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari 151-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishdi

Bugun vazirlik huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari 151-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida  Xitoy uy-joy, shahar va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Normalar va standartlar tadqiqot instituti (RISN) bilan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumga asosan quyidagi ustuvor vazifalar boʻyicha hamkorlik qilish belgilab olindi:

  • shaharsozlik sohasidagi ustuvor hamda dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni;
  • shuningdek, zilzilabardosh bino va inshootlar hamda koʻprik tunnellar boʻyicha milliy shaharsozlik normalari muhokamasini tashkil etish va ularni takomillashtirish;
  • sohadagi dolzarb masalalar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar olib borish;
  • qurilishda narxlarni shakllantirish sohasida hamkorlik qilish kabilardir.