UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirlik mas'ullari ishtirokida Farg'ona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar murojaati onlayn formatda tinglanadi

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududbay kesimida qurilish segmentida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, loyiha, qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari hamda soha ekspertlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. 

Bugun rejaga ko'ra vazirlik mas'ullari ishtirokida Farg'ona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar murojaati onlayn formatda tinglanadi. 

"Qaysi yo'nalishda bo'lmasin, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq turli muammoli holatlar yuzaga kelishi tabiiy. Bunda ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali muammolarini o‘rganish va hal etish zimmamizdagi asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu sabab rejali asosda tashkil etilayotgan bu singari ochiq muloqotlarda mavjud masalalarni boricha ochiqlash va albatta vazirlik vakolati doirasida munosib yechim topish darkor", - deya ta'kidlandi tadbir avvalida.