Vazirlik mutasaddilari Toshkent arxitektura-qurilish unversitetida ochiq muloqot o'tkazishdi
2024-06-26
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan vazirlik mutasaddilari Toshkent arxitektura-qurilish unversitetida ochiq muloqot o'tkazishdi.
Mazkur uchrashuv davomida sohaga doir bir qator quyidagi ustuvor masalalar muhokama qilindi:
Xususan,
- shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, ularni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish va xalqaro normativ-texnik hujjatlarga muvofiqlashtirish ishlariga universitetning malakali professor-o’qituvchilarini jalb qilish hamda sohadagi ustuvor, dolzarb masalalar bo’yicha qo’shma tadqiqotlarni amalga oshirish;
- normativ hujjatlardagi atamalarni tizimlashtirish bilan o’quv reja dasturlariga muvofiqlashtirish;
- hamkorlikda laboratoriya faoliyatini tahlil qilish hamda takomillashtirish;
- muammoli mavzular bankini yaratish va bu borada tadqiqotlarni amalga oshirish;
- o’quv reja va dasturlarni xalqaro talablar asosida qayta ko’rib chiqish hamda rivojlantirish;
- shuningdek, memorandum imzolashga va hamkorlikdagi vazifalarni “Yo’l xaritasi” asosida amalga oshirishga kelishib olindi.





