UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirlikda Yaponiya Kanalizatsiya Ishlari Agentligi (JS), Nippon Koei kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha vazirlikda Yaponiya Kanalizatsiya Ishlari Agentligi (JS), Nippon Koei kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiyadagi ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni tozalashdagi ilg‘or texnologiyalar, ekspluatatsiya tajribalari va xalqaro loyihalar muhokama qilindi. Ta'kidlanganidek, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mamlakatimizda qo'llash imkoniyatlari ham ko'rib chiqildi.

70 yildan ortiq tajribaga ega Nippon Koei kompaniyasi bugungi kunga qadar 150 dan ortiq mamlakatda 5 000 dan ortiq infratuzilma loyihalarini amalga oshirgan.

Tomonlar mazkur uchrashuvni o‘zaro hamkorlik uchun muhim bosqich deb baholab, kelgusida aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.