UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazirlikka biriktirilgan Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosida vazirlikka biriktirilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda. 

Unda vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva vazirlik tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar, qurilish va kommunal sohada faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, vazirlikka biriktirilgan “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot bermoqda.


2023-yilda yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mafkuraviy tarbiyasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha "Yo'l xarita"ga  asosan vazirlik rahbariyati va hududiy bo'linmalar boshliqlariga jami 19 248 nafar yoshlar biriktirilgan. Mazkur yoshlar bilan manzilli ish tashkil etishda ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga yordamlashish, mafkuraviy tarbiyasidagi muammolarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha  tushuntirishlar berishga alohida ahamiyat qaratilgan. 

- Vazirligimizga biriktirilgan har bir o'g'il-qiz bilan individual suhbatlar o'tkazdik. Ba'zilari hayotning achchiq sinovlariga erta yoshidan duch kelgan. Ularni ma'naviy qo'llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratyapmiz. Hozirgi kunga qadar 2 nafar yoshning uyi ta'mirlandi, 4 nafarini sport va IT to'garaklariga jalb qildik,- dedi Ozoda Jo'rayeva.


Shahnoza Joldasova- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi: 
 

Toshkent viloyati qiyin hududlardan biri, bizning eng ogʻriqli nuqtalarimizdan biri. Ammo Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilganligiga guvoh boʻlyapmiz. Buni muammoli yoshlarimizni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlanishi, ularni doimiy ish bilan ta’minlash koʻrsatkichlarida koʻrishimiz mumkin. Biz vazirlik tajribasini boshqa davlat tashkilotlarida ham joriy qilishimiz kerak. Parlamentimizdan sizlarga biriktirilgan yoshlar nomidan aytamanki, biz sizlarga doimo yordam berishga tayyormiz. Hamkorlikda juda yaxshi loyihаlarni amalga oshirishga ishonamiz.