Webster universiteti bilan hamkorlikda qurilish sohasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda
Vazirlik huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda poytaxtimizdagi AQSHning Webster universiteti rahbariyati ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda qurilishda loyiha boshqaruvi, AQShning xalqaro qurilish kodlari (IBC)ni uyg‘unlashtirish, FIDIC - The International Federation of Consulting Engineers shartnomasi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitishga doir masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishlar bo’yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish va hamkorlikda shartnoma imzolashga kelishib olindi.
Ta'kidlash kerakki, yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan hisoblangan Webster universiteti 1915-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning Osiyo, Afrika va Yevropada filiallari mavjud. Toshkentdagi filiali AQSHning taʼlim standartlariga mos dasturlar orqali talaba va mutaxassislarni tayyorlaydi.