“World Cities Day” xalqaro konferensiyasi o’tkazilmoqda
Joriy yilning 25-28-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shandong provinsiyasi, Weihai shahrida “Butunjahon shaharlar kuni” munosabati bilan konferensiya tashkil etildi.
Unda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti boshqarma boshlig’i Azizbek Nurmirzayev ham ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirga dunyoning yetakchi qurilish va shaharsozlik sohasi hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari tashrif buyurgan.
Konferensiya davomida “Yangi shahar hududlarining rivojlanish imkoniyati va yo'llari, rejalashtirish va rivojlantirish tajribalari” hamda bu boradagi yo'nalishni kompleks rivojlantirish bo'yicha texnologik malakalar va uni amalda qo'llash bo'yicha xalqaro panel muhokamalari bo’lib o’tmoqda.
Tadbir jarayonida delegatsiya tomonidan xalqaro norma va standartlarni milliy shaharsozlik normalariga uyg’unlashtirish hamda yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish imkoniyatlari ko’rib chiqilyapti.