UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

“World Smart City Congress 2024" xalqaro kongressi o'tkazilmoqda

Xitoy davlatining Xangjou provinsiyasida  24-30-sentabr kunlari “World Smart City Congress” forumi bo’lib o’tmoqda. Unda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari J.Saidov ham ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan vakillar bor.

Kongress davomida shaharlarni raqamlashtirish, aqlli transport tizimlari, ekologik barqarorlik va fuqarolar farovonligini oshirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasi ham tashkil etilib, unda yuzlab kompaniyalar o'z ishlanmalarini taqdim etdilar. 

Tadbirda delegatsiya tomonidan ilg'or xalqaro tajribani o'rganish va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.