UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Xabar berganimizdek, inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligidagi ishchi guruhi ayni paytda Samarqand viloyatida bo'lib turibdi

Xabar berganimizdek, inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligidagi ishchi guruhi ayni paytda Samarqand viloyatida bo'lib turibdi.

Bugun viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Bosh prokuratura, inspeksiya mutasaddilari, hokimlik vakillari hamda  buyurtmachi, pudaratchi  va loyiha tashkilotlari mas'ullari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Unda Samarqand viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarning bugungi kundagi holati, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, bu borada sifatiga e’tibor qaratish, davlat nazoratisiz qurilayotgan bino hamda inshootlarga keskin choralar ko'rish va obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.  Muloqot so'nggida hududdagi mas'ullarning hisoboti tinglandi.