UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Xalqaro "Yil standartchisi" mukofoti qo‘lga kiritildi

Joriy yilning 9-11-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahrida 5-Xalqaro Texnologiyalar Forumi o‘tkazildi. 

Unda vazirlik huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti boshqarma boshlig'i Abdurauf Sultonxonov ishtirok etib, "Yil standartchisi" mukofotini qo‘lga kiritdi. 

Forum davomida Qurilish davlatlararo texnik qo‘mitasi mas'ul kotibi Sergey Xvoinskiy hamda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi qurilish materiallari uyushmasi loyiha boshlig'i Larisa Lyaxovetskayalar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirlar davomida xalqaro miqyosda ishlab chiqilayotgan qurilish materiallari va buyumlari xavfsizligiga doir texnik reglament loyihasi hamda milliy qurilish materiallari uchun xalqaro standartlarni ishlab chiqish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.