UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning qurilish bo‘yicha texnik qo‘mitasi yig‘ilishi ilk bora O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda

Bugun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning qurilish bo‘yicha texnik qo‘mitasi (ISO/TC 71/SC 7) yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilayotgan mazkur tadbir Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Toshkent shahridagi INHA universiteti hamkorligida tashkil etilib, unda Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqdalar.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri v.b Sherzod Hidoyatov so’zga chiqib, qurilish sohasiga xalqaro standartlarni tadbiq etishning ahamiyati xususida to’xtaldi:

- Hozirgi globallashuv davrida qurilish sohasining rivoji undagi normativ-texnik hujjatlarning xalqaro standartlarga mosligiga uzviy bog‘liqdir. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham standartlar muhim ahamiyatga ega. Ishonamanki, o‘zaro hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqqan holda, xalqaro standartlar talablari o‘sib borishi mamlakatimizda qurilayotgan bino va inshootlarning sifati ham shunga mos ravishda ortib borishiga xizmat qiladi,- dedi Sh.Hidoyatov. 

Ta’kidlanganidek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi pudrat tashkilotlari elektron reytingiga ISO sertifikatiga ega bo‘lish orqali reytingdagi o‘rnini yaxshilash mezonining joriy etilgani natijasida
bugunga kelib, respublikamizda faoliyat olib borayotgan:

2 911 ta pudrat tashkiloti ISO 14001 sertifikatiga;   
2 911 ta pudrat tashkiloti ISO 9001 sertifikatiga;
2 903 ta pudrat tashkiloti ISO 45001 sertifikatiga ega bo‘ldi.