UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Xitoy delegatsiyasi qadimiy Samarqandda

Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Janob Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya o‘z tashrifini Samarqand shahrida davom ettirmoqda.

 Mehmonlarga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hamrohlik qilmoqda.

Delegatsiya a’zolari Buyuk Amir Temur maqbarasi – Go‘ri Amir majmuasi, jahon arxitekturasining durdonasi – Registon maydoni va "Afrosiyob" muzeyida bo’ldilar.

Mehmonlar ushbu muqaddas maskanlar bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, me’moriy yodgorliklari hamda turizm salohiyatiga yuqori baho berdilar.

Ta’kidlash lozimki, Samarqanddagi tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqotlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.