Xitoy delegatsiyasi Shirin shaharchasi loyihasiga qiziqish bildirdi
Ta’kidlab kelayotganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilishi vaziri janob Ni Hong boshchiligidagi delegatsiyasi Samarqand shahrida bo’lib turibdi.
Delegatsiya Shirin shaharchasi loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Ular loyiha maketi va rivojlanish konsepsiyasini ko‘zdan kechirdilar, shuningdek, hamkorlik istiqbollari bo‘yicha monitoring va tahlillar olib borildi.
Shirin shaharchasi — 665 gektar maydonda barpo etilayotgan, O‘zbekiston tarixidagi eng yirik shaharsozlik loyihalaridan biri bo‘lib, 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan.
Loyiha doirasida:
-turar joy binolari;
-universitet, maktab, bog‘chalar,
sport majmualari, mehmonxonalar, IT park;
- yashil hududlar, zoodekorativ bog‘lar va ekoparklar qurilishi rejalashtirilgan.
Shaharchaning Qoradaryo sohilidagi tabiiy va ekologik jihatdan qulay hududda Samarqand xalqaro aeroportiga yaqin joylashuvi uni nafaqat yashash, balki investitsiya va turizm uchun ham jozibador markazga aylantirmoqda.
Xitoy tomoni ushbu loyiha bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.
Tomonlar ikki taraflama manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini ko’rib chiqishga kelishib oldilar.