Xitoyning nufuzli Chongqing universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish universiteti hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan memorandum imzolandi
Xitoyning nufuzli Chongqing universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish universiteti hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan memorandum imzolandi.
Kompleks sinov laboratoriyasini rivojlantirish maqsadida imzolangan memorandum uch tomonlama hamkorlikning yangi bosqichini belgilab berdi.
Ushbu kelishuvda
- laboratoriya sinov turlarini kengaytirish;
-xitoylik hamkorlar bilan birgalikda seminar va konferensiyalar o‘tkazish;
-xalqaro standartlarga mos laboratoriya faoliyatini tashkil etish va qurilish sanoatiga mos ravishda xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Bu esa yurtimiz ilm-fani va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda muhim qadam bo‘ladi. Shuningdek, ilm-fani va ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish maqsadida zamonaviy sinov laboratoriya faoliyatini tashkil qilish hamda bu borada o‘zaro hamkorlikda ishlashga ham kelishib olindi.