Xitoyning Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish va loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Hidoyatov va Xitoyning O‘zbekistondagi tadbirkorlari uyushmasi raisi Liu Yu rahbarligidagi Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish va loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlari asosida turli sohalarda rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, qurilish sohasida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, Xitoy kompaniyalari tomonidan “Yangi Toshkent”, “Olimpiya shaharchasi” va Jizzaxda quvvati 1000 megavattgacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalarining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirda ana shunday istiqbolli loyihalar haqida so'z bordi.
Shuningdek, sohadagi ustuvor yo'nalishlarda manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.





