Xoʻjaobod tumanida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul oʻtkazildi
Xoʻjaobod tumanida Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi F.Alijonov tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtazildi. Unda aholining sohaga oid muammolari hamda tadbirkorlarning murojaatlari batafsil oʻrganildi.
Viloyatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar va tadbirkorlarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.
Ayrim masalalar esa joyiga chiqib oʻrganildi va ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.