UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Xorazm viloyati Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“Youtube” platformasi orqali “Qonun doirasida” nomi ostida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Videoda aks etgan dastlabki manzil Urganch shahri “Yoshlik” massivi hududidagi fuqaro N. Allaberganova tomonidan “3 qavatli, mansardli, 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, 2-3-qavatlari turar joy” qilib qurilgan bino bo‘lib, ushbu obyekt Xorazm viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, obyekt Urganch shahri qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan 2023-yilning 15-avgustida noturar joy toifasidan turar joy toifasiga o‘tkazib berilgan va tegishli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. Shuningdek, xususiy loyiha tashkiloti tomonidan qurilish loyihasi ishlab chiqilgan. Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasi bilan mazkur binoni qurishga kelishilgan. 2023-yil 29-sentabrida tegishli ekspertiza xulosasi berilgan.
Xorazm viloyati Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining 200-son qaroriga asosan xabardor qilib,ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bugungi kunda mazkur obyekt hududiy inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olingan.


Videoda aks etgan yana bir holat esa Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasi hududida 7 qavatli, 1 va 2 qavatlari xususiy klinika, qolgan qavatlari klinika xodimlari va chet eldan kelgan mutaxassislarga yashash uchun mo‘ljallangan xonadonlardan iborat bino qurilishi bo‘lib, mazkur obyekt ham o‘rganib chiqildi. Urganch shahri Al-Xorazmiy ko‘chasi hududida joylashgan ushbu bino qurilishi uchun Urganch shahar hokimining qarori bilan “YAQUBOV DENTAL SERVIS” MCHJga 400,0 kv.m yer maydoni ajratib berilgan.
Urganch shahri qurilish bo‘limi tomonidan me’moriy rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilib, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining  ijobiy xulosasi tasdiqlangan. Loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza tashkilotining ijobiy xulosasi olingan. Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan xabardor qilib inspeksiya ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Ushbu “Yaqubov dental servis” va “Ko‘hinur bino inshoot ixtisoslashtirilgan ta’mirlash qurilish” korxonalari o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnomaga asosan “Ko‘hinur bino inshoot ixtisoslahtirilgan ta’mirlash qurilish” tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mazkur obyekt hududiy inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olingan.


E’tiroz bildirilgan yana bir holat Urganch shahri “Temiryo‘lchi” MFY  Xonqa ko‘chasi 36-uydagi Urganch shahar elektr ta’minoti korxonasining ma’muriy binosini buzib, o‘rnida 1 va 2 qavati Urganch shahar elektr ta’minoti korxonasi uchun ma’muriy bino, yuqori qismida esa ko‘p qavatli xonadonlar qurish obyekti bilan bog’liq. 
       
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJga Xorazm viloyat qurilish bosh boshqarmasining 2021-yil 16-noyabrdagi 308-sonli qurish uchun berilgan ijobiy xulosasiga asosan, Urganch shahar qurilish bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-dekabrda obyekt ixtisosligini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish uchun 1733401-83772-sonli ruxsatnoma berilgan va shunga asosan arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan.
Loyiha tashkilotining binoni qurishga oid loyihasi ishlab chiqilgach, arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasiga ko‘ra “Urganch shahar elektr ta’minoti korxonasining ma’muriy binosini buzib, o‘rnida birinchi va ikkinchi qavati Urganch shahar elektr ta’minoti korxonasi uchun ma’muriy bino va yuqori qavatlarida ko‘p qavatli ko‘p xonadonli turar joy” binosi qurilishiga kelishilgan.

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan 2023-yil 9-avgustda xulosa berilgan va belgilangan tartibda inspeksiya nazorati o’rnatilgan. Qurilish davomida 31 marta monitoring o‘tkazilib, sifatsiz bajarilgan ishlar yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlarga 21 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. Ijrosi nazorat ostiga olinib kamchilik va nuqsonlar bartaraf qilingan.

Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, har uchchala obyektda qonunchilikda belgilangan tartibda monitoring ishlari amalga oshirilib, nazorat tadbirlariga qat’iy yondoshib kelinmoqda.