UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Xorazm viloyati QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI MONITORING ISHLARI

Xorazm viloyati Urganch tumani “Gʻalaba” MFY“ hududida buyurtmachi "Xorazm qishloq qurilish servis" MCHJ  tomonidan qurilayotgan 1-qavati maishiy xizmat ko'rsatish, yuqori qavatlari  esa turar-joydan iborat bo'lgan obyektda inspeksiya xodimlari tomonidan nazorat tadbiri o'tkazildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu qurilish obyektining 3-qavatidagi ora ajratma devorlarda g'isht terish ishlari, loyiha talablari asosida bajarilmagan.

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan buyurtmachiga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli bandlari asosida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda sifatsiz g'isht terish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.