Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda "Xorazm viloyati Gurlan tumani 51- ko‘p qavatli uydan murojaat qilmoqdamiz", sarlavhasi ostidagi murojaat viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.
Tanqiddda keltirilgan holat viloyat hamda tumanning tegishli mas'ul tashkilot rahbar va xodimlari tomonidan joyida ko'rib chiqildi. O’rganishlar natijasida Gurlan tumani “Ma’rifat” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidan o‘tgan kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar bartaraf etildi. Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, atrof chiqindilardan tozalanganligini ma'lum qilamiz.




