Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (MUNOSABAT)

Xorazm viloyati Shovot tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan Eshonqal'a mahallasi, Xonobod koʻchasida yashovchi fuqaro S.Rajabovaning murojaati boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi:
Fuqaro S.Xo'janiyozovga tegishli boʻlgan mazkur binoga Shovot tuman hokimining 2018-yil 6-iyuldagi qaroriga asosan egalik huquqi berilgan.
2023-yilning 2-fevralida yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi va obyektni noturar joy toifasidan turar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsatnoma ham taqdim qilingan. Shunga asosan davlat kadastr palatasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Bugungi kunda S.Xo'janiyozov rekonstruksiya ishlarini tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma va loyiha-smeta hujjatlarini kelishish xulosalarini olmasdan boshlab yuborganligi va qoʻshnisi S.Rajabova bilan nizo borligi sababli qurilish ishlarini toʻxtatish boʻyicha tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan ogohlantirish xatlari berilgan.

