UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Xorazm viloyati Urganch shahri Xonqa ko'chasida 146/6A uydan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyiudagilar ma'lum qilinadi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch shahri Xonqa ko'chasida 146/6A uydan kelib tushgan murojaat yuzasidan quyiudagilar ma'lum qilinadi.
 
Mazkur uy “Shiddat monolit” XK tomonidan qurilib, 2023-yil noyabr oyida “Yuksak kommunal servis” BSK boshqaruviga topshirgan. Boshqaruv tashkiloti mas'ullarining soʻzlariga koʻra “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali uyning 485 mln soʻm qarzdorligi mavjud deb topgan va 146/6A uy elektr tarmog'idan uzilgan. Ammo, o'rganish davomida holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialining dalolatnomasi taqdim qilinmagan. Bu ko'p qavatli uyni saqlash va aholiga xizmat ko'rsatishda ko'plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. “Yuksak kommunal servis” BSK elektr tokidagi qarzdorlik masalasi boʻyicha  yuqori turuvchi organlarga murojaat qilganligini ma'lum qilamiz. 

Hozirda maxsus nasoslar orqali  xonadonlar ichimlik suvi bilan taʼminlanib kelinmoqda. Bugungi kunda aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammolari bartaraf etilgan. 
  
Shuningdek, BSK tomonidan muhandislik quvurlaridagi nosozlik bartaraf etilgan hamda yerto'lada to'plangan suv tozalangan.