"Yangi Andijon" massivida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirildi
"Yangi Andijon" massivida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, ushbu massivning maydoni qariyb 4 ming gektar bo‘lib, yangi shaharning bosh rejasiga ko‘ra unda bino va inshootlar, uy-joy, savdo markazlari, kichik sanoat zonasi, yashil hudud, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy soha obyektlari qad rostlaydi.
Inspeksiya rahbari nazorat davomida qurilayotgan hamda foydalanishga topshirish ko'zda tutilgan ko'p qavatli uylarda bo'ldi.
Qurilish tashkiloti vakillari bilan suhbat jarayonida "Aholiga uzoq yillar xizmat qiladigan sifatli, zamonaviy, shu bilan bir qatorda shinam xonadonlarni topshirib, yurtdoshlarimizning obod maskanlarda farovon hayot kechirishiga zamin yaratish - eng asosiy maqsadimiz", - deya ta'kidladi Sirojiddin Eshquvvatov.