UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Yangi Namangan" shaharchasida qurilish ishlari jadallashtirilmoqda

Namangan viloyati mas'ullari Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan” shaharchasi loyihasi ijrochilari bilan muhokama uchrashuvi oʻtkazishdi. 

Uchrashuv chogʻida loyiha ijrochilariga qurilish jarayonlarini jadallashtirish hamda hududni obodonlashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi. Xususan, shu joyning oʻzida xorijiy investorlar bilan uchrashuv tashkil etilib, kelgusidagi qoʻshma loyihalar va hamkorlik masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi. 

Shuningdek, shaharcha hududida qurilishi boshlangan koʻp qavatli turar joy binolari holati bilan ham yaqindan tanishildi. Zamonaviy arxitektura asosida barpo etilayotgan “Koʻrgazmalar markazi” qurilishi ham koʻzdan kechirildi.

Masʼul idora va mutasaddilarga qurilish jarayonlarini yanada tezlashtirish bilan bir qatorda sifat masalasiga alohida eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidladi hamda bu bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.