UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Yangi Navoiy shaharchasi ishbilarmonlik markazi" direksiyasida ichki kommunikatsiyalarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yangi Navoiy shaharchasida bugungi kunda yirik turar joy majmualari, ishbilarmonlik markazlari, osmono‘par binolar, kongress hol, ijtimoiy obyektlar qad rostlamoqda. 

Mas'ullar boshchiligida "Yangi Navoiy shaharchasi ishbilarmonlik markazi" direksiyasida ichki kommunikatsiyalarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Akbar Niyozov hududda olib borilayotgan ishlarning tashkil etilishi bo‘yicha mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, loyihalar yuzasidan loyihachi va qurilish kompaniyalari mutaxassislari bilan ham fikrlashildi, taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi, amalga oshirish muddatlari belgilandi.