"Yangi O‘zbekiston" massivlari tom maʼnoda aholi uchun qulay yashash hududiga aylandi
"Yangi O‘zbekiston" massivlari tom maʼnoda aholi uchun qulay yashash hududiga aylandi. Ko‘p qavatli uylar yonida kompleks tarzda bunyod etilgan bolalar bog‘chasi, maktab va poliklinika binolarining mavjudligi massivlardagi yana bir afzallikdir.
Hozirda Karmana tumanidagi massivlarda 18 ta 420 xonadonli uylar, 1 ta poliklinika binosi, bolalar bog‘chasi va 1 ta umumtaʼlim maktabi aholi ehtiyoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Bugun ushbu hudud yangi bo‘stonga aylangan, uylar atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, gullar, daraxtlar, poliz mahsulotlari ekilib, aholi faravonligi ta'minlanmoqda.
Xususan, Karmana tumani “Malik” qo‘rg‘onidagi "Yangi O‘zbekiston" massivlarida ham qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. "Zarafshon tola inpeks" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan 4 ta 5 qavatli 20 xonadonli uylarda ayni kunda elektr jihozlash ishlari olib borilyapti. Joriy yilda ushbu uylarning 2 tasi foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.