Yangi Toshkent direksiyasida ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari muhokama qilindi
2025-04-23
Yangi Toshkent direksiyasida ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi bo‘yicha tarmoq jadvallari muhokama qilindi.
Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari doirasida ko‘p qavatli turar joy majmualarini barpo etish loyihalari bo‘yicha navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yangi Toshkent direksiyasi rahbariyati, loyiha boshqaruv mutaxassislari hamda pudrat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.